Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik: iqtisodiy diplomatiya va strategik sheriklikning yangi bosqichi

O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik: iqtisodiy diplomatiya va strategik sheriklikning yangi bosqichi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Budapeshtga rasmiy tashrifi Vengriya bilan o‘zaro manfaatli va istiqbolli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Tashrif doirasida 

Vengriyaning yirik kompaniya va banklari rahbarlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiya muhitini yaxshilash va yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish borasida muhim imkoniyatlar ochmoqda.

Mazkur tashrif O‘zbekistonning Yevropa davlatlari bilan amaliy sheriklikni chuqurlashtirishga qaratilgan tashqi siyosatining uzviy davomi bo‘lib, yurtimizning xalqaro maydondagi iqtisodiy va siyosiy nufuzini oshirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, iqtisodiy diplomatiyaga alohida urg‘u berilayotgani natijasida O‘zbekiston xorijiy sarmoyadorlar uchun tobora jozibador hamkor sifatida e’tirof etilmoqda.

Vengriya bilan bo‘layotgan bu yaqinlashuv nafaqat iqtisodiyot, balki ta’lim, texnologiya, qishloq xo‘jaligi kabi boshqa ustuvor yo‘nalishlarda ham keng ko‘lamli loyihalar poydevorini yaratadi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatimizda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga, innovatsiyalar rivojiga va eksport salohiyatining oshishiga olib keladi.

Umuman olganda, Prezidentimizning bu tashrifi O‘zbekiston–Vengriya aloqalarining yangi davrini boshlab beradi va ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlaydi.

Xalq deputatlar kengashi  Oqqo'rg'on tumani Kengashi deputati M.Rustamov