Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari G.Isayeva, B.Sanayev va N.Norqorayevlar o'z saylov okrugidagi aholi turmush tarzini o'rganib, aniqlangan kamchiliklarni mahalla faollari bilan hamkorlikda bartaraf etmoqda.
Tumandagi Arabota, Lolazor, Jarquduq, Navbahor va Ag‘ron mahallalaridagi yettilik bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib har bir muammoning yechimi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan aniqlangan muammolar yuzasidan tuman tashkilotlariga deputat so‘rovlari yuborilib, muammolar yechimi bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanmoqda