Bugun Oʻz MTDP Namangan tuman Kengashi va partiya deputatlik guruhiga tumanimizning Urganji hamda Beshkapa mahallalarida istiqomat qiluvchi saylovchilar tomonidan tushgan murojaatlar joyida tahliliy oʻrganildi.
Mavjud oʻrganish jarayonida partiya tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H. Xoliqovga Urganji hamda Beshkapa mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari U. Pirnazarov va Sh. Mamazokirovlar hamrohlik qiladilar.
Murojaatlarni koʻrib oʻrganish barobarida mavjud masalalarni ijobiy hal etish boʻyicha mahalla mutasaddilari bilan oʻzaro kelishib olindi.