Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAMANGAN VILOYAT KO‘P TARMOQLI TIBBIYOT MARKAZIDA QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI E’TIROF ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
QURILISH KOTIBIYATIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATNING FAOLIYATIGA OID HUJJATLAR O‘RGANILIB, TARTIBGA KELTIRILMOQDA
янв.21
20 MILLION DOLLARLIK SAVDO MARKAZI LOYIHASI TAQDIM ETILDI
янв.21
DEPUTATLAR BILAN INDIVIDUAL SUHBATLAR O‘TKAZILMOQDA
янв.21
MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH — MUHIM VAZIFA
янв.21
MAHALLIY KENGASH DEPUTATLARI UCHUN TEST SINOVI O‘TKAZILMOQDA
янв.21
NAMANGAN SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
NAMANGAN SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARI SAYYOR UCHRASHUVLAR JARAYONINI BOSHLADILAR
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI E’TIROF ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI E’TIROF ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri 

N. Ubaydullayev, doimiy komissiya a’zolari S. Gapparova va 

Sh. To‘raboyeva, kotibiyat bosh mutaxassislari A. Nurmatov va 

M. Abdulmajidov tomonidan Namangan shahar hokimligining Qurilish kotibiyatida kadastr va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish masalalari o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqarolarning ko‘chmas mulk obyektlariga egalik qilish huquqlarini e’tirof etish, ushbu jarayonda mavjud hujjatlarni ko‘rib chiqish hamda mulkiy huquqlarni qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, ko‘chmas mulkka egalik qilish bilan bog‘liq masalalarda fuqarolar duch kelayotgan muammolarni aniqlash, tegishli hujjatlarni o‘rganish va vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda qonuniy yechim topish masalalariga e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida fuqarolarning mulkiy huquqlarini ta’minlash, murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda kadastr sohasidagi masalalarni qonunchilik talablari asosida hal etish muhimligi ta’kidlandi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bilan bog‘liq masalalarni atroflicha o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni qonuniy hal etishga ko‘maklashishdan iborat.

Slide 1 of 5