Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAMANGAN VILOYAT KO‘P TARMOQLI TIBBIYOT MARKAZIDA QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI E’TIROF ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
QURILISH KOTIBIYATIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATNING FAOLIYATIGA OID HUJJATLAR O‘RGANILIB, TARTIBGA KELTIRILMOQDA
янв.21
20 MILLION DOLLARLIK SAVDO MARKAZI LOYIHASI TAQDIM ETILDI
янв.21
DEPUTATLAR BILAN INDIVIDUAL SUHBATLAR O‘TKAZILMOQDA
янв.21
MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH — MUHIM VAZIFA
янв.21
MAHALLIY KENGASH DEPUTATLARI UCHUN TEST SINOVI O‘TKAZILMOQDA
янв.21
NAMANGAN SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
NAMANGAN SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARI SAYYOR UCHRASHUVLAR JARAYONINI BOSHLADILAR
DEPUTATNING FAOLIYATIGA OID HUJJATLAR O‘RGANILIB, TARTIBGA KELTIRILMOQDA

DEPUTATNING FAOLIYATIGA OID HUJJATLAR O‘RGANILIB, TARTIBGA KELTIRILMOQDA

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati N. Dexkanov Kengash kotibiyatida bo‘lib, o‘zining deputatlik faoliyatiga oid hujjatlar, hisobotlar va yig‘ma jildlarni o‘rganish hamda ularni tartibga keltirish ishlarini olib bordi.

Jarayon davomida deputatning 2026-yil uchinchi choragi mobaynida saylov okrugida amalga oshirgan ishlari, mahallalarda o‘tkazilgan uchrashuvlar, saylovchilar bilan muloqotlar, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash holati hamda aholi oldida berilgan axborotlarga oid hujjatlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, deputatlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning hujjatlarda to‘liq va izchil aks ettirilishiga alohida e’tibor qaratildi. Mavjud ma’lumotlar va hisobotlar ko‘zdan kechirilib, hujjatlarni tizimlashtirish, belgilangan tartibda rasmiylashtirish hamda yig‘ma jildlarni shakllantirish ishlari amalga oshirildi.

📌 Hujjatlarni tartibga keltirish deputatlik faoliyati davomida bajarilgan ishlarni tizimli qayd etish, zarur ma’lumotlarni saqlash va saylovchilar oldidagi hisobdorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Shu bilan birga, kelgusidagi vazifalar yuzasidan fikr almashilib, saylov okrugidagi mahallalarda aholi bilan ochiq muloqotni davom ettirish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga ko‘maklashish hamda deputatlik nazorati samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 7