Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAMANGAN VILOYAT KO‘P TARMOQLI TIBBIYOT MARKAZIDA QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI E’TIROF ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
QURILISH KOTIBIYATIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATNING FAOLIYATIGA OID HUJJATLAR O‘RGANILIB, TARTIBGA KELTIRILMOQDA
янв.21
20 MILLION DOLLARLIK SAVDO MARKAZI LOYIHASI TAQDIM ETILDI
янв.21
DEPUTATLAR BILAN INDIVIDUAL SUHBATLAR O‘TKAZILMOQDA
янв.21
MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH — MUHIM VAZIFA
янв.21
MAHALLIY KENGASH DEPUTATLARI UCHUN TEST SINOVI O‘TKAZILMOQDA
янв.21
NAMANGAN SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
NAMANGAN SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARI SAYYOR UCHRASHUVLAR JARAYONINI BOSHLADILAR
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#savolnoma_asosida
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: “Qaldirg‘och” mahallasida rais faoliyati va hududiy ishlar o‘rganildi

🫥Bandixon tumanida quyi bo‘g‘in boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla raislarining mas’uliyatini kuchaytirish hamda hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosini nazorat qilish borasida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 16-"Qaldirg'och" saylov okrugidan saylangan deputat Qudratov Davron Qo'ldoshevich okrugiga qarashli "Qaldirg'och" mahallasida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev tashrif buyurib, o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.

🫥Tashrif davomida mahalla raisi tomonidan belgilangan vazifalarning bajarilishi, aholi murojaatlari bilan ishlash tartibi hamda obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash borasidagi chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi. O‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlangan masalalarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

🫥O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar deputatlik nazorati doirasida nazoratga olinib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Slide 1 of 1