Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAMANGAN VILOYAT KO‘P TARMOQLI TIBBIYOT MARKAZIDA QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI E’TIROF ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
QURILISH KOTIBIYATIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATNING FAOLIYATIGA OID HUJJATLAR O‘RGANILIB, TARTIBGA KELTIRILMOQDA
янв.21
20 MILLION DOLLARLIK SAVDO MARKAZI LOYIHASI TAQDIM ETILDI
янв.21
DEPUTATLAR BILAN INDIVIDUAL SUHBATLAR O‘TKAZILMOQDA
янв.21
MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH — MUHIM VAZIFA
янв.21
MAHALLIY KENGASH DEPUTATLARI UCHUN TEST SINOVI O‘TKAZILMOQDA
янв.21
NAMANGAN SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
NAMANGAN SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARI SAYYOR UCHRASHUVLAR JARAYONINI BOSHLADILAR
“KELAJAK TADBIRKORLARI – 2026”: YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR

“KELAJAK TADBIRKORLARI – 2026”: YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR

Namangan shahridagi “Barkamol avlod sport majmuasi”da yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, bandligini ta’minlash va kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan “Kelajak tadbirkorlari – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati M. Jabbarova ishtirok etdi. Yarmarka yoshlarning kasb-hunar egallashi, munosib ish topishi, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirishi uchun keng imkoniyatlar yaratishga qaratildi.

Tadbirda tadbirkorlik subyektlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari, texnikumlar hamda banklar tomonidan yoshlar uchun mavjud imkoniyatlar taqdim etildi. Jumladan, bo‘sh ish o‘rinlari, kasbiy ta’lim yo‘nalishlari, ishga joylashish shartlari va tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun moliyaviy ko‘mak mexanizmlari haqida ma’lumotlar berildi.

Yarmarkada yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish hamda istiqbolli biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat M. Jabbarovaning tadbirda ishtirok etishi yoshlar bilan muloqotni rivojlantirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va bandlik masalalariga e’tibor qaratish yo‘lidagi muhim jarayonlardan biridir.

Yoshlarning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularga o‘z biznesini boshlash uchun imkoniyat yaratish hamda yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga ko‘maklashish hududning iqtisodiy taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3