Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA QURILISHI YAKUNLANMAGAN TADBIRKORLIK OBYEKTI O‘RGANILDI
янв.21
NAMANGAN VILOYAT KO‘P TARMOQLI TIBBIYOT MARKAZIDA QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI E’TIROF ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
QURILISH KOTIBIYATIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATNING FAOLIYATIGA OID HUJJATLAR O‘RGANILIB, TARTIBGA KELTIRILMOQDA
янв.21
20 MILLION DOLLARLIK SAVDO MARKAZI LOYIHASI TAQDIM ETILDI
янв.21
DEPUTATLAR BILAN INDIVIDUAL SUHBATLAR O‘TKAZILMOQDA
янв.21
MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH — MUHIM VAZIFA
янв.21
MAHALLIY KENGASH DEPUTATLARI UCHUN TEST SINOVI O‘TKAZILMOQDA
IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Ijtimoiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida tumanda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masala atroflicha ko‘rib chiqildi.

Muhokama davomida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, bolalar, yolg‘iz keksalar hamda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdim etilgan ma’lumotlar tahlil qilindi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatiga tumandagi 55 ta mahallada 51 nafar ijtimoiy xodim faoliyat yuritmoqda, 4 ta mahallada esa vakant ish o‘rinlari mavjud. Shu munosabat bilan vakant o‘rinlarni to‘ldirish va mahallalarda ijtimoiy xizmatlar qamrovini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilishda ijtimoiy xodimlar tomonidan ochilgan keyslar doirasida fuqarolarga belgilangan xizmat va yordamlarni manzilli hamda samarali ko‘rsatish, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi, ijtimoiy to‘lovlar va Ijtimoiy reyestr orqali yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash, ularning bandligini oshirish, ta’lim, sport va madaniyat sohalariga jalb etish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash, ularga vasiylik, homiylik va zarur ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish, ta’lim olishi hamda jamiyatga integratsiyalashuvini qo‘llab-quvvatlash masalalari ham muhokama qilindi.

Bundan tashqari, o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va shaxslar, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar hamda boshpanasiz fuqarolarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar qamrovini kengaytirish va idoralararo hamkorlikni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Mazkur masala yuzasidan tayyorlangan qaror loyihasini Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish tavsiya etildi.

Slide 1 of 5