Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAMANGAN VILOYAT KO‘P TARMOQLI TIBBIYOT MARKAZIDA QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI E’TIROF ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
QURILISH KOTIBIYATIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATNING FAOLIYATIGA OID HUJJATLAR O‘RGANILIB, TARTIBGA KELTIRILMOQDA
янв.21
20 MILLION DOLLARLIK SAVDO MARKAZI LOYIHASI TAQDIM ETILDI
янв.21
DEPUTATLAR BILAN INDIVIDUAL SUHBATLAR O‘TKAZILMOQDA
янв.21
MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH — MUHIM VAZIFA
янв.21
MAHALLIY KENGASH DEPUTATLARI UCHUN TEST SINOVI O‘TKAZILMOQDA
янв.21
NAMANGAN SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
NAMANGAN SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARI SAYYOR UCHRASHUVLAR JARAYONINI BOSHLADILAR
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, 5-Charx Kamolon saylov okrugi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan hududda hokim yordamchilari faoliyati, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish va ularning turmush sharoitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchilari tomonidan aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni daromadli mehnat bilan shug‘ullanishga jalb etish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali oilalarning daromadlarini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, aholini kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan chora-tadbirlarning natijadorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida ushbu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholi murojaatlari bilan tizimli ishlash hamda fuqarolarning bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning ijrosini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2