Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NURAFSHON” MFY HUDUDIDAGI KO‘P QAVATLI UYLAR VA BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“DIYOR” MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“DIYOR” MAHALLASI RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“DIYOR” MAHALLASIDA KO‘CHALAR HOLATI VA MAVJUD MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
SENAT QO‘MITASI YIG‘ILISHIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINMOQDA
янв.21
“BOBUR BOG‘I” ZAMONAVIY QIYOFA KASB ETADI
янв.21
KENGASH BINOSINI KAPITAL TA’MIRLASH ISHLARI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
NAMANGANDA BADIIY GIMNASTIKA BO‘YICHA O‘ZBEKISTON KUBOGI YAKUNLANDI
янв.21
KENGASH BINOSIDA KAPITAL TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR XAVFSIZLIGI VA MUASSASA HOLATI O‘RGANILDI
SENAT QO‘MITASI YIG‘ILISHIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINMOQDA

SENAT QO‘MITASI YIG‘ILISHIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINMOQDA

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisi videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tmoqda. 

Unda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari Zoom platformasi orqali masofadan ishtirok etmoqdalar.

Majlis kun tartibidan Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 174-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi “yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan vazifalarning bajarilishi, shuningdek, ikki davlat o‘rtasida oliy va yuqori darajada erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilish holatini muhokama qilish masalasi o‘rin olgan.

Bunday majlislarda ishtirok etish doimiy komissiya faoliyatida qonuniylikni ta’minlash, xavfsizlik masalalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va tegishli vazifalar ijrosiga doir ma’lumotlardan xabardor bo‘lish, shuningdek, hududiy Kengashlar faoliyatida samarali nazoratni tashkil etish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi doimiy komissiyalari faoliyati davomida kun tartibidagi masalalarni o‘rganish va tegishli yo‘nalishlarda parlament hamda jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratadi.

Slide 1 of 1