Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“BOBUR BOG‘I” ZAMONAVIY QIYOFA KASB ETADI
янв.21
KENGASH BINOSINI KAPITAL TA’MIRLASH ISHLARI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
NAMANGANDA BADIIY GIMNASTIKA BO‘YICHA O‘ZBEKISTON KUBOGI YAKUNLANDI
янв.21
KENGASH BINOSIDA KAPITAL TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR XAVFSIZLIGI VA MUASSASA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLARNING FAOLIYATIGA OID HUJJATLAR O‘RGANILIB, TARTIBGA KELTIRILMOQDA
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI REJALASHTIRILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI: JAMOAT XAVFSIZLIGI VA TEXNIK MUHOFAZA TIZIMLARI HOLATI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI: MAHALLALARDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI: JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI MUHOKAMA QILINDI
“BOBUR BOG‘I” ZAMONAVIY QIYOFA KASB ETADI

“BOBUR BOG‘I” ZAMONAVIY QIYOFA KASB ETADI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ini zamonaviy qiyofaga keltirish loyihasi bilan tanishdi. O‘rganish davomida hududda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilinib, mas’ullar bilan loyiha ijrosi yuzasidan fikr almashildi.

Umumiy qiymati 3,8 milliard so‘m bo‘lgan loyiha doirasida bog‘ hududiga 300 ta dekorativ chiroq, daraxtlar va yashil maydonlarni yoritish uchun esa 250 ta maxsus chiroq o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ochiq sahna va tadbirlar maydonchasi rekonstruksiya qilinib, kirish arkalari zamonaviy me’moriy yechimlar asosida yangilanadi.

Loyiha doirasida hududning nafaqat tashqi qiyofasini yaxshilash, balki xizmat ko‘rsatish sohasi va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, 20 ta tadbirkorlik subyekti faoliyatini kengaytirish, 6 ta yangi xizmat ko‘rsatish va servis obyektini tashkil etish hamda 110 ta yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.

O‘rganish yakunida shahar hokimi mas’ullarga qurilish-ta’mirlash ishlarining sifatli bajarilishi, belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etilishi hamda loyiha doirasidagi vazifalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

Loyiha amalga oshirilishi natijasida “Bobur bog‘i”ning zamonaviy, obod va aholi uchun yanada qulay dam olish maskaniga aylanishi, shuningdek, hududda tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yaratilishi kutilmoqda.

Slide 1 of 5