Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NURAFSHON” MFY HUDUDIDAGI KO‘P QAVATLI UYLAR VA BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“DIYOR” MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“DIYOR” MAHALLASI RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“DIYOR” MAHALLASIDA KO‘CHALAR HOLATI VA MAVJUD MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
SENAT QO‘MITASI YIG‘ILISHIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINMOQDA
янв.21
“BOBUR BOG‘I” ZAMONAVIY QIYOFA KASB ETADI
янв.21
KENGASH BINOSINI KAPITAL TA’MIRLASH ISHLARI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
NAMANGANDA BADIIY GIMNASTIKA BO‘YICHA O‘ZBEKISTON KUBOGI YAKUNLANDI
янв.21
KENGASH BINOSIDA KAPITAL TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR XAVFSIZLIGI VA MUASSASA HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov, komissiya a’zolari, Kengash huzuridagi ekspert-maslahat guruhi va yoshlar maslahat guruhi vakillari hamda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Kun tartibidan Marg‘ilon shahar prokuraturasi tomonidan 2026-yilning to‘qqiz oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborotni eshitish masalasi o‘rin oldi. Mazkur masala yuzasidan shahar prokurori yordamchisi A.Alisherovning axboroti tinglandi.

Muhokama davomida prokuratura organlari faoliyatining natijadorligi, qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamoat xavfsizligini mustahkamlash bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Ta’kidlash joizki, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish hamda mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash tegishli tashkilotlar oldidagi muhim vazifalardan hisoblanadi.

Doimiy komissiya yig‘ilishlari esa ushbu yo‘nalishdagi ishlarni muhokama qilish, mas’ul idoralar faoliyatiga doir masalalarni ko‘rib chiqish va mavjud muammolar yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 9