Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sardoba" bozorida narx-navo va mahsulotlar ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Jamoat transporti xizmatlari holati o‘rganildi
янв.21
Birlik va hamjihatlik timsoli — mahallalarda keng ko‘lamli hashar tashkil etildi
янв.21
Shahar Kengashi binosida amalga oshiriladigan ta’mirlash ishlari loyihasi joyida o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi qonunlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bandligini ta'minlashga qaratilgan mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
янв.21
TUMAN VA SHAHAR KENGASHLARI KOTIBIYATLARI FAOLIYATI TAHLIL QILINIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
Imkoniyati cheklangan fuqaroning ijtimoiy holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarorlari ijrosi yuzasidan tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev tomonidan aholi bandligi masalalari o‘rganildi
Shahar Kengashi binosida amalga oshiriladigan ta’mirlash ishlari loyihasi joyida o‘rganildi

Shahar Kengashi binosida amalga oshiriladigan ta’mirlash ishlari loyihasi joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 2026-yil 

13-iyundagi VII-21-48-6-91-K/26-sonli qarori 2-ilovasining 

28-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-51-V-sonli qarori 5-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida shahar Kengashi faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, xususan, xizmat xonalarini ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun Viloyat hokimligining kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati davlat muassasasiga 500,0 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan obyektda joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R.Isakov, Viloyat hokimligining kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati davlat muassasasi mas’ullari, loyiha tashkiloti mutaxassislari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

O‘rganish davomida Kengash binosining rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha takliflari, xizmat xonalarining funksional joylashuvi, majlislar zali, rahbar va xodimlar xizmat xonalari, qabulxona hamda yordamchi xonalarning me’moriy va texnik yechimlari batafsil ko‘rib chiqildi. Shuningdek, loyiha asosida tayyorlangan 3D vizual ko‘rinishlar muhokama qilinib, bino faoliyatini zamonaviy talablarga mos ravishda tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muhokamalar jarayonida qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirish, loyiha-smeta hujjatlarini amaldagi me’yoriy talablarga muvofiq rasmiylashtirish, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, qurilish me’yorlari hamda texnik xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, ishlarni tizimli tashkil etish, qurilish-ta’mirlash jarayonini doimiy nazorat qilib borish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda qaror ijrosini to‘liq va sifatli ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi. 

Mazkur topshiriqlar ijrosi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4