Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sardoba" bozorida narx-navo va mahsulotlar ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Jamoat transporti xizmatlari holati o‘rganildi
янв.21
Birlik va hamjihatlik timsoli — mahallalarda keng ko‘lamli hashar tashkil etildi
янв.21
Shahar Kengashi binosida amalga oshiriladigan ta’mirlash ishlari loyihasi joyida o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi qonunlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bandligini ta'minlashga qaratilgan mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
янв.21
TUMAN VA SHAHAR KENGASHLARI KOTIBIYATLARI FAOLIYATI TAHLIL QILINIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
Imkoniyati cheklangan fuqaroning ijtimoiy holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarorlari ijrosi yuzasidan tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev tomonidan aholi bandligi masalalari o‘rganildi
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi qonunlar ijrosi o‘rganildi

Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi qonunlar ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov hamda Namangan viloyat saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari U.To‘xtabayeva tomonidan Namangan shahar 5-sonli oila poliklinikasi faoliyati bilan tanishilib, sog‘liqni saqlash sohasidagi qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi, “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonunlar, shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning aholi sog‘lig‘ini saqlash sohasiga oid normalari talablarining amaldagi ijrosi atroflicha o‘rganildi. Mazkur qonunlar Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi tomonidan o‘rganilishi belgilangan eng muhim qonunlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Jumladan, poliklinikada aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatish, tor mutaxassislar faoliyati, profilaktik tibbiy ko‘riklarni tashkil etish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, surunkali kasalligi mavjud bemorlarni dispanser nazoratiga olish, imtiyozli toifadagi fuqarolarni bepul dori vositalari bilan ta’minlash, sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etilishi, elektron tibbiyot tizimlaridan foydalanish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati batafsil tahlil qilindi.

Shuningdek, tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasi, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlanganligi, mavjud shart-sharoitlar, tibbiyot xodimlarining samarali faoliyat yuritishi uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati va qulayligi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan mas’ul rahbar va mutaxassislarning axboroti tinglanib, qonun hujjatlari talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash, birlamchi tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini yanada oshirish, fuqarolar murojaatlariga tezkor va manzilli yondashuvni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi tomonidan sog‘liqni saqlash sohasidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish, aholiga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash hamda mavjud muammolarni joyida hal etishga qaratilgan o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5