Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Bolajonlarga mehr va e’tibor ko‘rsatildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va yashash sharoitlari o‘rganildi
янв.21
PQ-402-sonli qaror ijrosi o‘rganildi
янв.21
AHOLI FAROVONLIGI VA ENERGIYA TEJAMKORLIK — AMALDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Mehnat faxriysiga yuksak ehtirom va e’tibor
янв.21
Deputat Mirzayeva Roxiliya Axmedovna tomonidan fuqarolar qabuli tashkil etildi
PQ-402-sonli qaror ijrosi o‘rganildi

PQ-402-sonli qaror ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 1-Sanoat saylov okrugidan saylangan deputati N. Sadritdinov tomonidan “Objuvoz” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-402-son qarori ijrosi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mazkur qaror asosida mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, hududdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish hamda mas’ul tashkilotlar faoliyatini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4