Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Bolajonlarga mehr va e’tibor ko‘rsatildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va yashash sharoitlari o‘rganildi
янв.21
PQ-402-sonli qaror ijrosi o‘rganildi
янв.21
AHOLI FAROVONLIGI VA ENERGIYA TEJAMKORLIK — AMALDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Mehnat faxriysiga yuksak ehtirom va e’tibor
янв.21
Deputat Mirzayeva Roxiliya Axmedovna tomonidan fuqarolar qabuli tashkil etildi
DEPUTAT NAZORATI

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyat bosh mutaxasisi L.Toshquvvatov tomonidan Otayurt mahallasida 24 ta eng muhim yo‘nalish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi, “Mahalla yettiligi” hamda ijtimoiy xodim faoliyati tanqidiy-tahliliy tarzda o‘rganildi.
O‘rganish davomida aholi bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni aniqlash va ularga manzilli ko‘mak ko‘rsatish, murojaatlar bilan ishlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish natijasida ayrim yo‘nalishlarda ishlarni tashkil etishda kamchiliklar, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini ta’minlashda yetarlicha tizimli yondashuv mavjud emasligi tanqidiy nuqtai nazardan qayd etildi.
Xususan, aholi murojaatlari va xonadonlardagi ijtimoiy muammolarni o‘rganish, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish hamda ularning ijrosini nazorat qilish ishlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Aniqlangan muammolar va kamchiliklar “Saylov okrugidagi muammolarni ro‘yxatga olish” deputat kitobiga tegishli tartibda qayd etildi.
Muammolarning har biri bo‘yicha mas’ullarni belgilash, ularni bartaraf etish muddatlarini aniqlash hamda ijrosini nazoratga olish zarurligi yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, “Mahalla yettiligi” a’zolari va ijtimoiy xodimga aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni e’tibordan chetda qoldirmaslik, mavjud muammolarni qog‘ozda emas, amaliy natija asosida hal etish hamda har bir murojaatning yakuniy natijasini nazorat qilib borish vazifasi yuklatildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va qayd etilgan muammolarning ijobiy yechimini ta’minlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3