Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHAHAR VA VILOYAT KENGASHLARI DEPUTATI DEHKANOV NARIMON BURXONJONOVICH
янв.21
Deputat tomonidan yoshlar muammolari o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi faoliyatida ochiqlik va shaffoflik ta’minlanmoqda
янв.21
KOMISSIYA A’ZOSI Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi Mirzayeva Roxila Ahmedovna mazkur yo‘nalishda faoliyat olib bormoqda.
янв.21
KOMISSIYA A’ZOSI Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi Sadritdinov Nasritdin Faxriddinovich mazkur yo‘nalishda faol ishtirok etib kelmoqda.
янв.21
KOMISSIYA KOTIBI Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi To‘raboyeva Shaxnoza Abduvaliyevna o‘z faoliyatini samarali tashkil etib kelmoqda.
янв.21
KOMISSIYA RAISI Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Kamalov Ilhomjon Inomjonovich o‘z vakolatlari doirasida tizimli faoliyat olib bormoqda.
янв.21
Bozorda tartib va nazorat — barqarorlik garovi
янв.21
Namangan shahrida “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida ichki ko‘chalar asfaltlanmoqda
янв.21
Inson qadri ustuvor: “Oydinko‘l”da manzilli e’tibor va amaliy yechimlar
Fuqarolar bilan suhbat o‘tkazildi

Fuqarolar bilan suhbat o‘tkazildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 19-Qoraxon saylov okrugi deputati G.Baxramova saylangan Qoraxon MFY hududida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Suhbat davomida fuqarolarning muammo va takliflari tinglanib, hududdagi mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularni tegishli tartibda hal etish bo‘yicha fikr-mulohazalar o‘rganildi.

Muloqot davomida “Qoraxon Yangiariq” fermer xo‘jaligi ish boshqaruvchisi Rajabov Umid ham o‘z fikrlarini bildirib, yerga ishlov berish, ekinlarni parvarishlash, suvdan samarali foydalanish va mo‘l hosil yetishtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

“Yerga qancha mehr va e’tibor bilan ishlov berilsa, uning hosili ham shunga yarasha bo‘ladi. Har bir qarich yerdan unumli foydalanish, ekinni o‘z vaqtida parvarishlash va suvni tejab ishlatish — mo‘l hosilning asosiy omillaridan”, — dedi Rajabov Umid.
Shuningdek, fermer xo‘jaligida paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, hosildorlikni oshirish hamda yer unumdorligini saqlash bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Mazkur suhbatni tashkil etishda mutaxassis K.Abdullayeva ishtirok etdi.

Slide 1 of 3