35-sonli maktab faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati J.Taxchiyeva “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi bilan hamkorlikda Termiz tumanidagi 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida maktabdagi mavjud sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, “Tarbiya” va musiqa fanlarining o‘qitilishi, shuningdek, psixologik xizmat faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, maktab kutubxonasining faoliyati, kitob fondi hamda o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
O‘rganish yakunida ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.