Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Obod mahalla – umumiy mas’uliyat: “Bahor” mahallasini obodonlashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi
янв.21
Yoshlar – kelajak bunyodkorlari: sportchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
“Shahar Kengashi deputati, hokim hamda migratsiyadagi yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
.Namanganda 1-sonli kasb-hunar maktabida dual ta’lim tizimi samarasi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
📌 DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
KENGASH QARORI TASDIQLANDI
янв.21
Namanganda “Iqtidor maktab ansambli” tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Boburshoh mahallasida ichki ko‘chalar asfaltlandi
#24_ta_masala #Madaniy_meros #Deputat_faoliyati #Obodonlashtirish #Oltinsoy_Kengashi

Yurtimizda tarixiy-madaniy meros ob’ektlarini asrab-avaylash, ularni ta’mirlash hamda ziyoratchilar uchun munosib sharoitlar yaratish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi Turdiyev Akrom Abdimuratovich, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yu.Hakimov, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 25-“Katta Vaxshivor” saylov okrugidan saylangan deputat Jabbarov Jamshid Adashovich hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar “Katta Vaxshivor” mahallasida joylashgan va hududning eng muhim tarixiy-madaniy meros ob’ektlaridan biri hisoblangan “So‘fi Olloyor” ziyoratgohiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida deputatlar va mas’ullar ziyoratgohda olib borilayotgan keng koʻlamli ta’mirlash, tiklash va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, majmua binosining me’moriy qiyofasini aslicha saqlab qolgan holda restavratsiya qilish, ichki va tashqi hududlarda olib borilayotgan qurilish-pardozlash jarayonlari koʻzdan kechirildi.

Muloqot chogʻida ziyoratchilar va sayyohlar uchun yaratilayotgan qulayliklar, hududni koʻkalamzorlashtirish hamda infratuzilmani yanada yaxshilash boʻyicha mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5