Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Xojiyeva Muyassar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Bahor mahallasida faoliyat yuritayotgan tikuvchilik sexi bilan tanishildi. Mazkur sex rahbari tadbirkor Malika Gaffarova bo‘lib, hozirda jami 26 nafar shogird faoliyat yuritmoqda. Shundan 14 nafari bitiruvchi qizlar hisoblanadi.
O‘rganish jarayonida kelgusida onlayn biznesni rivojlantirish, shuningdek, mahalladagi xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish yo‘nalishlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur tashabbuslar hududda bandlikni ta’minlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.