#sessiya_oldi_masala #PF_193
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Muyassarxon Tojiboyeva tomonidan Birdamlik MFYda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi PQ-92-sonli qarori ijrosi yuzasidan “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida Keksalar maslahat guruhi faoliyati, “Uch avlod uchrashuvi”, “Faol faxriy nuroniylar” loyihalari, shuningdek, hududdagi maktablarga biriktirilgan nuroniylar bilan olib borilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi. Shuningdek mahallada kambag'allikni qisqartirish hamda aholini barqaror daromad manbai bilan ta'minlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar o'rganildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
⌛️ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
✅ Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz