“Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida seminar-trening o‘tkazildi
🔰 “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasiga a’zo maktablar ishtirokida Namangan shahar 1-ixtisoslashtirilgan maktabida seminar-trening tashkil etildi.
Unda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, 19-Mingchinor saylov okrugi vakili Raximova Gavxar Ismoilovna hamda Chust, Kosonsoy, Mingbuloq, Namangan, Pop, To‘raqo‘rg‘on, Yangi Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi vakillari faol ishtirok etdilar.
📌 Seminar davomida ekologik madaniyatni oshirish, ta’lim muassasalarida “yashil maktab” tamoyillarini joriy etish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilindi.
♻️ Tadbir ishtirokchilari o‘zaro tajriba almashib, ekologik loyihalarni samarali tashkil etish yuzasidan tavsiyalar oldilar.