Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Chilonzor tumani bo‘linmasi hamda “Nuroniy” jamg‘armasining tuman bo‘limi tomonidan 138-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Shukronalik” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mutalov Omonulla Nigmatullayevich ham ishtirok etib, yoshlar bilan samimiy muloqot qildi.
Deputat o‘z so‘zida shukronalik, mehr-oqibat, kattalarga hurmat, Vatanga sadoqat va tinchlikning qadriga yetish kabi ezgu fazilatlarning inson hayotidagi ahamiyatiga alohida to‘xtaldi. Shuningdek, yoshlarni yaxshi niyat, ilm olish, odob-axloq va jamiyat hayotida faol bo‘lishga chorladi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan mavzuga oid chiqishlar, fikr-mulohazalar va ma’naviy-ma’rifiy dasturlar namoyish etildi.
Mutalov Omonulla Nigmatullayevichning yoshlar bilan bunday uchrashuvlarda faol ishtiroki, ularning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish va hayotiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.