📌 DEPUTAT FUQAROLAR BILAN UCHRASHDI VA MUAMMOLARGA YECHIM TOPILDI
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Toshmatova Hakimaxon Rahimjonovna tomonidan “Dambog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 5-o‘tish, O‘zbekiston, Charog‘on hamda Ulug‘bek ko‘chalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy va kommunal sohadagi muammolar atroflicha o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq choralar belgilandi.
Shuningdek, ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etilib, mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.
✅ Mazkur uchrashuv aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni samarali hal etishga xizmat qiladi.
✔️ Deputatlik nazorati — xalq manfaatlari yo‘lida!