Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Obod mahalla – umumiy mas’uliyat: “Bahor” mahallasini obodonlashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi
янв.21
Yoshlar – kelajak bunyodkorlari: sportchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
“Shahar Kengashi deputati, hokim hamda migratsiyadagi yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
.Namanganda 1-sonli kasb-hunar maktabida dual ta’lim tizimi samarasi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
📌 DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
KENGASH QARORI TASDIQLANDI
янв.21
Namanganda “Iqtidor maktab ansambli” tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Boburshoh mahallasida ichki ko‘chalar asfaltlandi
HOKIM HISOBOTI – HUDUD RIVOJINING MUHIM OMILI

HOKIM HISOBOTI – HUDUD RIVOJINING MUHIM OMILI

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, hokimlar har yili hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan mahalliy Kengashlarga hisobot taqdim etadi va mazkur hisobot Kengash sessiyasida muhokama qilinadi.

Hisobotda hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, aholi bandligini ta’minlash, uy-joy qurilishi, shuningdek, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi ishlar qamrab olinadi.

Hisobotni o‘rganish jarayonida doimiy komissiyalar va zarur hollarda ishchi guruhlar jalb etilib, masalalar atroflicha tahlil qilinadi.

Sessiya davomida hokim hisoboti eshitilib, deputatlar tomonidan muhokama qilinadi, savol-javoblar o‘tkazilib, taklif va tashabbuslar ilgari suriladi.

Yakuniy bosqichda mas’ul komissiya tomonidan umumlashtirilgan xulosa hamda Kengash qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

Hokim hisoboti hudud rivojining holatini baholash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1