Namangan shahar Xalq deputatlari Kengashining 13-Marg‘ilon saylov okrugi hududida joylashgan “Marg‘ilon” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi tomonidan hududda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholining muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish borasidagi faoliyat, shuningdek, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash va profilaktik tadbirlarni tashkil etish masalalari atroflicha tahlil qilindi.
Shu bilan birga, ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash jarayonlari ham o‘rganildi.
👍 O‘rganish yakunlari yuzasidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, xizmatlar samaradorligini oshirish hamda manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.