MUROJAATLAR USTIDAN NAZORAT KUCHAYTIRILADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi
PF–51-son Farmoniga muvofiq, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi yanada takomillashtirilmoqda.
🏛 Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi uchun muhim jihatlar:
🔛 Davlat organlari va hokimlar rahbarlarining aholi murojaatlari bo‘yicha hisobotlari
har chorakda shahar Kengashida eshitib boriladi
🔛 Murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan
tahliliy ma’lumotlar Kengashga muntazam kiritiladi
🔛 Aholi murojaatlarida ko‘tarilgan
tizimli muammolar aniqlanib, deputatlik nazorati kuchaytiriladi
🔛 Murojaatlarning ijrosi, muddatlari va natijalari
har chorakda muhokama qilinadi
📊 Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash samaradorligi bo‘yicha davlat organlari faoliyati doimiy tahlil qilinadi hamda jamoatchilikka ochiq axborot berib boriladi.
✅ Mazkur chora-tadbirlar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, muammolarni o‘z vaqtida hal etish va hisobdorlikni oshirishga xizmat qiladi.
✔️ Shaffoflik, hisobdorlik va deputatlik nazorati — samarali boshqaruv garovi!