Mahallada savdo infratuzilmasini rivojlantirish va bandlikni ta’minlash masalalari o‘rganildi.
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri hamda bosh mutaxassislar tomonidan mahalla balansida bo‘lgan hududda tashkil etilgan oziq-ovqat savdo do‘koni faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida savdo do‘koni orqali yaratilgan ish o‘rinlari, aholining bandligini ta’minlash holati hamda xizmat ko‘rsatish sifati atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, mazkur yo‘nalishda ishlarni yanada rivojlantirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va aholiga qulay xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.