Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Obod mahalla – umumiy mas’uliyat: “Bahor” mahallasini obodonlashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi
янв.21
Yoshlar – kelajak bunyodkorlari: sportchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
“Shahar Kengashi deputati, hokim hamda migratsiyadagi yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
.Namanganda 1-sonli kasb-hunar maktabida dual ta’lim tizimi samarasi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
📌 DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
KENGASH QARORI TASDIQLANDI
янв.21
Namanganda “Iqtidor maktab ansambli” tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Boburshoh mahallasida ichki ko‘chalar asfaltlandi
Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Bo‘stonliq tumani Ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli boshqarmada O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.

🔺Ma’lum-ki, yong‘in xavfsizligi sohasida xodimlarning zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, yong‘inlarning oldini olish choralarini bilishi hamda favqulodda vaziyat yuzaga kelganda to‘g‘ri va tezkor harakat qila olishi muhim ahamiyatga ega. Qonunchilikda ham yong‘in xavfsizligi sohasida o‘qitish, targ‘ibot va axborot bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.

🔺O‘rganish davomida boshqarma xodimlarining yong‘in xavfsizligi qoidalari bo‘yicha muntazam ravishda malakasi oshirib borilishi yo‘lga qo‘yilgani, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarning oldini olish hamda zarur holatlarda tezkor harakat qilish bo‘yicha yetarli ko‘nikmalarga ega ekanliklari, tumandagi yirik tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilganligi ma’lum qilindi.

🔺Shuningdek, boshqarmaning yong‘in o‘chirish vositalari va maxsus texnikalari holati ham ko‘zdan kechirilib, favqulodda holatlar uchun shay holatda keltirib qo‘yilganligi, situatsion markazning faoliyati ham belgilangan tartibda olib borilayotganligi aniqlandi. Shu bilan birga, boshqarma xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar ham ko‘zdan kechirilib, qoniqarli ekanligi qayd etildi.

Slide 1 of 8