Sayyor qabulda murojaatlar ijobiy hal etildi
Namangan shahar hokimligi tomonidan “Yakka sada” mahallasida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Unda shahar hokimi, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Ayubxon Kamalov 43 nafar fuqaroning murojaatini ko‘rib chiqdi.
O‘rganishlar yakuniga ko‘ra, 21 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari joyida ijobiy hal etildi. Qolgan masalalar esa tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning muammolarini tezkor va samarali hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.