Og‘ir turmush sharoitidagi oilalarga ko‘mak: uy-joy sharoitlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich va Kengash kotibiyati mudiri Matniyazov Akbar Qadirovich tomonidan Naymanko‘l OFY hududida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-fevraldagi 52-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔍 Xususan, og‘ir turmush sharoitida yashayotgan oilalarning uy-joylarini ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.
📋 O‘rganish davomida ta’mirlash ishlarining borishi, yaratilayotgan sharoitlar va mavjud ehtiyojlar tahlil qilinib, mas’ullar bilan tegishli masalalar yuzasidan fikr almashildi.