Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Bolajonlarga mehr va e’tibor ko‘rsatildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va yashash sharoitlari o‘rganildi
янв.21
PQ-402-sonli qaror ijrosi o‘rganildi
янв.21
AHOLI FAROVONLIGI VA ENERGIYA TEJAMKORLIK — AMALDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Mehnat faxriysiga yuksak ehtirom va e’tibor
янв.21
Deputat Mirzayeva Roxiliya Axmedovna tomonidan fuqarolar qabuli tashkil etildi
Kengash_faoliyati

Paxtakor mahallasi — kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hudud sari

Bandixon tumanining Paxtakor mahallasini kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolarning daromadlarini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bugun mahallada aholi uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan yana bir muhim loyiha — «PRIME INVEST BROKERS» XK tomonidan zamonaviy birja savdo maydonchasi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan ochilish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi boshqaruv raisi Asadullo Qayumov, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 9-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputat,tumani hokimi Abdumalik Allamuradov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ahamiyatlisi, birja savdo platformalari bilan ishlash bo‘yicha maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan 5 nafar mahalla fuqarosiga sertifikatlar topshirildi. Endilikda ushbu fuqarolar yangi ish o‘rinlariga ega bo‘lib, o‘z oilalari uchun barqaror daromad manbasini yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Yangi savdo maydonchasining tashkil etilishi tadbirkorlar uchun ham muhim imkoniyatlarni ochadi. Bu yerda ularga yangi bozorlarga chiqish, mahsulot va xizmatlarini keng targ‘ib qilish, zamonaviy birja savdolarida ishtirok etish bo‘yicha zarur sharoitlar yaratilgan.

Eng muhimi, bunday loyihalar mahallada yangi ish o‘rinlari yaratish bilan birga, aholining tadbirkorlik va zamonaviy iqtisodiy munosabatlardagi faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5