Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Gullar festivali oldidan tayyorgarlik va xizmat ko‘rsatish sifati tahlil qilindi
янв.21
Xalqaro gullar festivaliga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va hududdagi tadbirkorlik yo‘nalishlari o‘rganildi
янв.21
Soliq intizomi va yuklatilgan vazifalar ijrosi o‘rganildi
янв.21
QIRG‘IZ DELEGATSIYASI NAMANGANNING EKSPORT SALOHIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
YOSHLAR KELAJAGI — E’TIBOR MARKAZIDA!
янв.21
SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
✅Xalq  deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati  Sapayev Zafar Jumanazarovich tomonidan "Madaniy maorif" mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o'tkazildi.
янв.21
SAYYOR QABUL — AHOLI MUAMMOLARIGA E’TIBOR
янв.21
SAYYOR QABUL — AHOLI MUAMMOLARIGA E’TIBOR VA AMALIY YECHIM
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi
#sessiya_kun_tartibidagi_masala #biriktirilgan_tashkilot
#doimiy_komissiya_faoliyati #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_ta_Qonun_ijrosi

Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev Qiziriq tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasida bo‘lib, tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Tumanda 2026–2027-yillar nosug‘orish davri (oktabr–mart) uchun tuman chegarasidan olinadigan iste’molchilar kesimida ekinlarni sug‘orish uchun suv olish limitlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi masala yuzasidan o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida nosug‘orish davrida ekinlarni sug‘orish uchun suv olish limitlarining shakllantirilishi, iste’molchilar kesimida suv resurslaridan foydalanish masalalari hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlar yuzasidan mas'ullarning qo'shimcha hisobot va ma'lumotlari tinglandi.

Shuningdek, deputatga biriktirilgan tashkilot bilan ishlash yo‘nalishi doirasida muassasaning faoliyati, mavjud masalalar va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr almashilib, hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli rejalar belgilandi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi O‘RQ-784-son Qonuni ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida muassasada o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi hamda deputatlik nazorati doirasida ishlarni davom ettirish belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
Slide 1 of 3