Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bandlik shtabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik vazifalarini samarali va mas’uliyatli bajarish kuni
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Deputat daxlsizlik huquqidan qay tartibda mahrum etiladi?
янв.21
Namangan shahar “Chorsu” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat R.Isakov tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Namangan shahrida joylashgan gaz quyish va benzin shoxobchalarida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish maqsadida keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq bilan muloqot – hududlardagi muammolarni oʻrganish
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi
Sayfulla Ahmedov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sayfulla Ahmedov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sayfulla Ahmedov 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berib, hisobot davrida olib borilgan ishlar, hududlarda amalga oshirilgan o‘rganishlar hamda aholi murojaatlari bilan ishlash natijalari haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi.

📝 Hisobot uchrashuvi Toshkent shahar Kengashining tegishli qaroriga muvofiq tashkil etilib, unda “Oqqo‘rg‘on”, “Darxon”, “Oydin” hamda “Hamid Olimjon” mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, mahalla faollari va 2-“Darxon” saylov okrugi fuqarolari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida deputat tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, hududdagi dolzarb muammolar va ularni hal etish yuzasidan olib borilgan amaliy ishlar muhokama qilindi.

🗣 Ta’kidlanganidek, Sayfulla Ahmedov hisobot davrida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyalarida hamda doimiy komissiyalar faoliyatida faol qatnashib, hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi murojaatlarini tizimli hal etish, kommunal va ijtimoiy sohalardagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi.

📁 Shuningdek, deputat tomonidan doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida 6 marotaba ishtirok etilib, 8 ta tadbirda ma’ruza bilan qatnashildi, 13 ta uchrashuv tashkil qilindi hamda 84 nafar fuqaro qabuli amalga oshirildi. Bundan tashqari, deputat tomonidan 6 marotaba televideniye va radio orqali chiqishlar qilinib, ommaviy axborot vositalarida 3 ta maqola chop etildi.

📆 Hisobot davomida mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan ham atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Xususan, yoshlar bandligini ta’minlash, aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, sport infratuzilmasini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, mahallalarda xotin-qizlar va ijtimoiy xodimlar faoliyati samaradorligini oshirish masalalari doimiy nazoratga olingani qayd etildi.

📉 Bundan tashqari, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ko‘chalarni tungi yoritish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, issiqlik, gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilayotgani ta’kidlandi.

🔎 Shuningdek, jamoat transporti harakati, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan imkoniyatlar, davlat xizmatlari sifati, hududdagi jinoyatchilikning oldini olish, investitsiya loyihalari hamda aholi bandligini oshirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar natijalari haqida ham ma’lumot berildi.

💡 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan savol va murojaatlar tinglanib, ularning har biri yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Bildirilgan taklif va muammolarni qonuniy hamda tezkor hal etish maqsadida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborish hamda navbatdagi sessiyalarga kiritiladigan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5