Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Obod mahalla – umumiy mas’uliyat: “Bahor” mahallasini obodonlashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi
янв.21
Yoshlar – kelajak bunyodkorlari: sportchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
“Shahar Kengashi deputati, hokim hamda migratsiyadagi yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
.Namanganda 1-sonli kasb-hunar maktabida dual ta’lim tizimi samarasi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
📌 DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
KENGASH QARORI TASDIQLANDI
янв.21
Namanganda “Iqtidor maktab ansambli” tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Boburshoh mahallasida ichki ko‘chalar asfaltlandi
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Kim Vitaliy Gennadevich tomonidan “Kamolot” mahallasida aholi bilan navbatdagi qabul uchrashuvi tashkil etildi. 

Uchrashuv tadbirida mahalla faollari, “mahalla yettiligi” a’zolari, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etdi. Mahalla fuqarolari bilan hudud rivoji va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, yoshlar bandligini ta’minlash, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga ko‘rsatilayotgan yordam, xotin-qizlar faollari va hokim yordamchilari faoliyati borasidagi ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, ko‘p qavatli uylar atrofidagi sanitariya holati, boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, issiq va sovuq suv, elektr energiyasi bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqilib, muammolar yechimi yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3