Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Obod mahalla – umumiy mas’uliyat: “Bahor” mahallasini obodonlashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi
янв.21
Yoshlar – kelajak bunyodkorlari: sportchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
“Shahar Kengashi deputati, hokim hamda migratsiyadagi yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
.Namanganda 1-sonli kasb-hunar maktabida dual ta’lim tizimi samarasi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
📌 DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
KENGASH QARORI TASDIQLANDI
янв.21
Namanganda “Iqtidor maktab ansambli” tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Boburshoh mahallasida ichki ko‘chalar asfaltlandi
Soliq tushumlari va yashirin rezervlarni aniqlash borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman Kengashi raisi X.Sultonov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi P.Rahmonov tomonidan tuman soliq inspeksiyasi rahbarining 2026-yil I choragida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot sessiya yig‘ilishidan oldin joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida 2026-yil 1-yanvar holatiga korxona, tashkilot va muassasalar hamda jismoniy shaxslardan qolgan boqimanda qarzdorliklarni undirish, shuningdek, chorak davomida faoliyat natijasidan kelib chiqib tushirilishi lozim bo‘lgan soliqlar ijrosi yuzasidan olib borilgan ishlar tahlil qilindi. Aniqlanishicha, belgilangan qonun-qoidalar asosida tizimli ish tashkil etilgani natijasida soliq tushumlari bo‘yicha reja ko‘rsatkichlari ortig‘i bilan bajarilgan.

Shuningdek, tuman soliq inspeksiyasi rahbari S.Ro'zimova tomonidan jamoa bilan hamkorlikda mahalla yettiligi ishtirokida hududlardagi yashirin rezerv soliq manbalarini aniqlash, soliqqa tortish bazasini kengaytirish hamda tushumlarni oshirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

O‘rganish yakunida soliq tushumlarini yanada oshirish, qarzdorliklarni qisqartirish hamda mavjud ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.09:38


 

Slide 1 of 2