Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi va amaliy choralar belgilandi
Namangan shahar Xalq deputatlari Kengashi deputati Xojiyeva Muyassar Mubillaevna tomonidan “Bahor” mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida 3 nafar bemor holidan xabar olinib, ularning sog‘ligi va turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishildi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va muammolarni samarali hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi hamda mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.