XALQ DEPUTATLARI NAMANGAN SHAHAR KENGASHI
HAFTALIK ISH REJASI (10–13 mart)
10 mart
Kengash raisi tomonidan “Ravnaq” mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahalla yettiligi” xodimlari bilan birgalikda yangi mahalla binosini qurish uchun mahalla hududidagi bo‘sh yer maydonlarini o‘rganish ishlari amalga oshiriladi.
11 mart
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 17-Sohibkor saylov okrugi deputati N. Dehqonov tomonidan “Iftixor” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan uchrashuv o‘tkaziladi.
12 mart
Kengash raisi tomonidan 16-Chorsu saylov okrugi hududidagi “Sharq tongi” mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahalla yettiligi” xodimlari ishtirokida aholi bilan uchrashuv o‘tkaziladi.
Shuningdek, “Deputatlar kuni” munosabati bilan deputatlar tomonidan saylov okruglarida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, hududlardagi muammolarni o‘rganish hamda nazorat-tahlil ishlari amalga oshiriladi
13 mart
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 4-Gulbog‘ saylov okrugi deputati S. Gapparova tomonidan “Yakkasada” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan uchrashuv o‘tkazilib, fuqarolarning murojaat va takliflari o‘rganiladi.