XALQ DEPUTATLARI NAMANGAN SHAHAR KENGASHI
HAFTALIK ISH REJASI (2–6 mart)
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi tomonidan joriy hafta davomida quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:
2-mart
26-Davlatobod saylov okrugida “Deputat va yoshlar uchrashuvi” tadbiri o‘tkaziladi.
⚫️ 3-mart
Kengash raisi tomonidan “Obi-hayot” mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahalla yettiligi” xodimlari ishtirokida yangi mahalla binosi qurilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganiladi.
⚫️ 4-mart
9-Dashtbog‘ saylov okrugida aholi bilan uchrashuv tashkil etiladi.
⚫️ 5-mart
“Deputatlar kuni” munosabati bilan saylov okruglarida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, hududlardagi muammolarni o‘rganish hamda nazorat-tahlil ishlari amalga oshiriladi.
⚫️ 6-mart
4-Gulbog‘ saylov okrugida “Mahalla yettiligi” xodimlari bilan uchrashuv o‘tkaziladi.
Mas’ullar: Kotibiyat mudiri va bosh mutaxassislar.