Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi o‘tkazildi
Bugun Namangan shahar hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masala kiritildi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-yanvar kuni “2026-yilda Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish bo‘yicha namunaviy amaliyotni yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, Chilonzor tumani tajribasini tatbiq etish, davlat va jamiyat xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid solayotgan uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatlar hamda yashirin iqtisodiyotni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha “Yo‘l xarita”ni tasdiqlash haqidagi hisoboti to‘g‘risida.
Sessiya yakunida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.