Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Sapayev Zafar Jumanazarovich tomonidan Yangi Hayot mahallasi hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida hudud aholisini qiynab kelayotgan muammolar hamda ularning yechimiga doir takliflar atroflicha muhokama qilindi. Bildirilgan murojaat va takliflar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish uchun nazoratga olindi.
Shuningdek, 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi yuqori sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda davlatimiz rahbarining yoshlar bilan uchrashuvlarida belgilab berilgan vazifalar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchi yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.