Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
8-mart bayrami munosabati bilan ayol deputatlar taqdirlandi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NAMANGAN SHAHAR KENGASHI HAFTALIK ISH REJASI (10–13 mart)
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Sohiba Gapparova saylov okrugida bo‘lib, hududdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
2-Dambog‘ saylov okrugidan saylangan deputat tomonidan Dambog‘ mahallasida ariqalarni tozalash va suv o‘tkazish masalasi o‘rganildi
янв.21
“Obi-hayot” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari oʻrganildi!!!
янв.21
Mahallalarda xavfsiz muhit – Yangi O‘zbekiston strategiyasining muhim yo‘nalishi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
MAHALLALARDA MUAMMOLAR O‘RGANILDI VA NAZORATGA OLINDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NAMANGAN SHAHAR KENGASHI
Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputati, viloyat hokimi Ulug'bek Mustafoyev tashabbusi bilan Paxtakor tumanida ijodiy yarmarka tashkil etildi

Paxtakor tumani 14-son Bolalar musiqa va san’at maktabida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan qo‘l mehnati mahsulotlari ko‘rgazmali ijodiy yarmarka tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati, tumani hokimi Xusan Abduvoxidov hamda bir qator tashkilot rahbarlari ishtirok etib, o‘quvchilarning ijodiy ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Yarmarkada o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan rasmlar, tasviriy san’at ishlari, turli qo‘l mehnati buyumlari, milliy qo‘g‘irchoqlar hamda bezakli ishlanmalar namoyish etilib, sotuvga qo‘yildi. Ishtirokchilar o‘z mahsulotlarini did bilan taqdim etdilar.

Deputat yoshlarning iste’dodi va tashabbuskorligini yuqori baholab, bunday tadbirlar ularning kelgusidagi muvaffaqiyati uchun muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Slide 1 of 7