Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши раиси ташаббуси билан семинар ташкил этилди
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгашининг ўн саккизинчи сессияси бўлиб ўтди
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгашининг доимий комиссияси йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
Маҳаллада Президент Мурожаатномаси тарғиботи
янв.21
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari raislari hamda hokimlar uchun o‘quv seminarlari davom etmoqda
янв.21
“Ўзбекистон – 2030”
янв.21
“Ўзбекистон – 2030” стратегиясининг янгиланаётган лойиҳаси жамоатчилик мухокамасида
янв.21
Маҳалла — ислоҳотлар марказида
янв.21
Маҳалла эҳтиёжлари — эътибор марказида
янв.21
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining oʻn oltinchi sessiyasi boʻldi.
Bekobodda navbatdagi sayyor qabul

 Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi va shahar hokimligi tomonidan hamkorlikda fuqarolarning sayyor qo‘shma qabul tashkil etildi.

     - Xalq bilan ochiq muloqot – faoliyatimizning asosiy yo‘nalishlaridan biri – deydi Xalq deputatlari shahar kengashining deputati, “Adolat” SDP shahar kengashi raisi G.Sharipova. Ayniqsa, ijro hokimiyati va vakillik organi funksiyalari aniq belgilab berilgandan so‘ng shahar kengashi raisi J.Dushabayevning tashabbusi bilan tashkil etilgan qo‘shma sayyor qabulda okrugdan saylangan deputatlar ham ishtirok etib, o‘z saylov okruglaridan kelgan fuqarolarning murojaatlarini birgalikda hal etishga kirishgani, oldingi sayyor qabullardan farq qiladi. Har bir murojaat deputatlar tomonidan nazoratga olindi va masalalarni hal etish yuzasidan ijrochilarga deputatlik murojaati yo‘llandi. Ushbu qabulda 17 nafar fuqaro o‘z murojaatlari bilan qatnashdi. 11 ta murojaat joyida o‘z yechimini topdi va 6 ta murojaat esa qo‘shimcha o‘rganish talab etgani bois mas’ullarga biriktirilib, ijro nazoratiga olindi. Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflariga befarq bo‘lmaslik - ustuvor vazifalarimizdan.  

Slide 1 of 7