Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгашининг ўн саккизинчи сессияси бўлиб ўтди
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгашининг доимий комиссияси йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
Маҳаллада Президент Мурожаатномаси тарғиботи
янв.21
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari raislari hamda hokimlar uchun o‘quv seminarlari davom etmoqda
янв.21
“Ўзбекистон – 2030”
янв.21
“Ўзбекистон – 2030” стратегиясининг янгиланаётган лойиҳаси жамоатчилик мухокамасида
янв.21
Маҳалла — ислоҳотлар марказида
янв.21
Маҳалла эҳтиёжлари — эътибор марказида
янв.21
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining oʻn oltinchi sessiyasi boʻldi.
янв.21
Namanganda Senatorlar va yoshlar uchrashuvi o'tkazildi
Deputat tibbiyot xodimlari bilan murojaatnomani muhokama qildi.

Deputat tibbiyot xodimlari bilan murojaatnomani muhokama qildi.

📍Urgut tuman tibbiyot birlashmasida tibbiyot xodimlari ishtirokida muhim siyosiy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan tadbir — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati Nilufar Ja’farova so‘zga chiqib, Prezident Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor maqsad va vazifalar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning inson manfaatlariga qaratilgan mohiyati haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Ayniqsa, ta’lim-tarbiya sohasini yanada rivojlantirish, yoshlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, sog‘lom va bilimli avlodni voyaga yetkazish masalalari Murojaatnomaning eng muhim yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

✅Shuningdek, tadbir davomida sog‘liqni saqlash sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, tibbiyot xodimlarining bilim va salohiyatini oshirish, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar xususida fikr almashildi.

✅Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda Prezident Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etishda bunday targ‘ibot-ma’rifiy uchrashuvlarning ahamiyati katta ekanini ta’kidladilar.

✈️

@sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 3