Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi Kosonsoy tumanida amaliy tashrif
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши раиси ташаббуси билан семинар ташкил этилди
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгашининг ўн саккизинчи сессияси бўлиб ўтди
янв.21
Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгашининг доимий комиссияси йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
Маҳаллада Президент Мурожаатномаси тарғиботи
янв.21
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari raislari hamda hokimlar uchun o‘quv seminarlari davom etmoqda
янв.21
“Ўзбекистон – 2030”
янв.21
“Ўзбекистон – 2030” стратегиясининг янгиланаётган лойиҳаси жамоатчилик мухокамасида
янв.21
Маҳалла — ислоҳотлар марказида
янв.21
Маҳалла эҳтиёжлари — эътибор марказида
“Zoʻravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat”

Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi deputati G. Turdiyeva Butun jahon ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni munosabati bilan oʻtkazilayotgan “Zoʻravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” tashabbusini qoʻllab-quvvatlab, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga bagʻishlangan mazmunli uchrashuv tashkil etdi.

Tadbir davomida deputat tomonidan oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida:

-ayollarga nisbatan har qanday tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish,

-huquqiy savodxonlikni oshirish,

-oilada sogʻlom muhitni shakllantirish,

-muammo yuzaga kelganda kimga va qayerga murojaat qilish kerakligi

-borasida keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borildi.

G. Turdiyeva yoshlarni zoʻravonlikka mutlaqo murosasiz boʻlishga, har bir insonning sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi zarurligiga chaqirdi. Uchrashuv jarayonida o‘quvchilarning savollariga javob berilib, ularga huquqiy himoya, yordam markazlari va ishonch telefonlari haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Mazkur tadbir yoshlarda ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirish, xotin-qizlarning huquqlarini e’zozlash va zoʻravonlikka qarshi birgalikda kurashish gʻoyasini mustahkamlashga xizmat qildi.

Slide 1 of 3