Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi “Ahillik” saylov okrugi deputati K.Muxitdinova shahardagi 2-maktabda bo‘lib, o‘qituvchi va ota-onalar bilan yaqindan ochiq suhbat o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchi-yoshlarning bilim olish sharoitlarini yanada yaxshilash hamda joylardagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar muhokama qilindi. Shuningdek, deputat tomonidan mazkur ta’lim muassasasida “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganilib, natijalar ko‘zdan kechirildi.