Yangiliklar

Deputat mahallada.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputatlari G.Sharipova va U.Mirzakalanov "Andijon" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, “mahalla yettiligi” va faollari bilan uchrashdilar. Uchrashuv jarayonida mahalladagi 9 qavatli uyning bitta kirish yo‘lagida lift ishlayotgani, ikkinchisida esa ishlamayotgani, mahalla idorasida elektr energiyasidan uzilish holatlari bo‘layotganligi aniqlandi. Shuningdek, hududdagi 8-maktab rahbariyati tomonidan maktab maydoniga obodonlashtirish uchun tuproq to‘kish kerakligi masalasida hududdagi tadbirkor bilan uchrashib, imkoniyat darajasida hal qilishga kelishildi. Qolgan masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi bilan chiqilishi belgilandi.  

Slide 1 of 2