35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
🎙 SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI TINGLANDI

🎙 SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI TINGLANDI

📍 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, xalq bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 3-Istiqbol saylov okrugi deputati Ataxodjayeva Dilora Raximjonovna nomidan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan “Jang'abay” mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
🤝 Uchrashuvda “Jang'abay” MFY yettiligi a’zolari, mahalla faollari, nuroniylar, ishtirok etdi.
🎙 Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan hududdagi qator muammolar va takliflar ilgari surildi. Jumladan:
🔹 mahallada yangi o‘rnatilgan beton ustunlarga SIP kabellar tortilmaganligi;
🔹 chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish bilan bog‘liq muammolar;

✅ Uchrashuv davomida bildirilgan har bir murojaat va taklif deputat tomonidan atroflicha tinglanib, ularning mazmun-mohiyati o‘rganildi. Ko‘tarilgan masalalarni qonunchilikda belgilangan tartibda ijobiy hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari va murojaatlari kiritilishi, ularning ijrosi esa deputatlik nazoratida olib borilishi ta’kidlandi.

📋 Muhimi, birorta murojaat e’tibordan chetda qolmaydi. Saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan muammolar tegishli tartibda umumlashtirilib, ularning amaliy yechimiga erishish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib boriladi.

🖥 Uchrashuv ishtirokchilariga ayrim hollarda saylovchilar va deputatlar kundalik yumushlar sababli bevosita uchrashish imkoniga ega bo‘lmagan vaziyatlarda E-Kengash elektron platformasi orqali o‘z deputatining qabuliga elektron tarzda yozilish yoki murojaat yuborish imkoniyati mavjudligi haqida ham ma’lumot berildi.

🤝 Xalq bilan doimiy muloqot qilish, ularning dardini tinglash, muammolarini joyida o‘rganish va amaliy yechim topishga ko‘maklashish — deputatlik faoliyatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 5