35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
🏃‍♂️ MAHALLADAGI SPORT INSHOOTLARI HOLATI O‘RGANILDI


🏃‍♂️ MAHALLADAGI SPORT INSHOOTLARI HOLATI O‘RGANILDI

📍 Xalq deputatlari tuman Kengashi -Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 22-Qaytmas saylov okrugi deputati A.Altinov nomidan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan “Qaytmas” mahallasida aholi va yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

🔎 O‘rganish jarayonida hududdagi mavjud sport maydonchalari va inshootlarining holati, ulardan aholi, ayniqsa, bolalar va yoshlar tomonidan foydalanish imkoniyatlari hamda sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🏃‍♂️ Shuningdek, mavjud sport inshootlarini yanada yaxshilash, ularni ta’mirlash va jihozlash, bolalar hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ommaviy sportga keng jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 O‘rganish davomida aniqlangan mavjud muammolar va takliflar yuzasidan fikr almashilib, ularni bartaraf etish hamda sport bilan shug‘ullanish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash masalalari muhokama qilindi.

💪 Sog‘lom avlod — yurt kelajagi! Yoshlar uchun yaratilayotgan munosib sharoitlar ularning sog‘lom, barkamol va har tomonlama yetuk bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi.


✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2