35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni

Muzrabot tumanida aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, mahallalar ichki yo‘llarini ta’mirlash va obodonlashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 11 oktyabrdagi 665-son qarori asosida tasdiqlangan manzilli dastur doirasida tumandagi 14 ta mahallada 31 ta ko‘cha, jami 20 kilometr ichki yo‘lni toshlash va asfaltlash uchun 4,4 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Mazkur ishlar ijrosi yuzasidan xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 12-“Obodon” saylov okrugidan saylangan deputat D.N. Sherboyev tuman obodonlashtirish boshqarmasida bo‘lib, manzilli dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilishi va belgilangan vazifalar ijrosi tahlil qilinib, joriy yilda 3,842 milliard so‘mlik ishlar bajarilgani hamda 12,7 kilometr ichki yo‘l asfaltlangani ma’lum bo‘ldi.
Deputatlik nazorati natijasida ayrim mahallalarda ishlar to‘liq yakunlangani, qolgan hududlarda esa qurilish-ta’mirlash ishlari davom etayotganiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida mas’ullarga qolgan ishlarni belgilangan muddatlarda, sifat talablariga qat’iy rioya qilgan holda yakunlash, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz yo‘l infratuzilmasini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1